Eron islom inqilobi posbonlari korpusi harbiy-havo kuçlarining Su-22 qiruvçi-bombardimonçisi mamlakat janubida halokatga uçradi.
Bu haqda RIA Novosti Islom inqilobi posbonlari korpusining jamoatçilik bilan aloqalar böyiça bölimiga tayangan holda xabar bermoqda.
"Islom inqilobi posbonlari korpusi harbiy-havo kuçlarining Su-22 harbiy samolyoti Fors viloyatidagi harbiy maşqlar vaqtida halokatga uçradi. Hodisa ertalabki soat 8 da yuz bergan. Uçuvçi voqea joyida hayotdan köz yumdi", - deyiladi bayonotda.












