Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) davlatlari sammiti muvaffaqiyatli yakunlandi, OTIH iqtisodiyotlari yetakçilari barça masalalarni samarali muhokama qilişdi. Bu haqda Vetnam prezidenti Çan Day Kuang yakuniy matbuot anjumani vaqtida xabar berdi.
"OTIH yetakçilari tomonidan ta'kidlanganidek, iqtisodiy hamkorlik, işbilarmonlik aloqalari, savdoni erkinlaştiriş va investitsiyalar OTIH hamjamiyatini rivojlantirişning asosiy ustuvor yönalişlari bölgan hamda şunday bölib qoladi. Biz keng qamrovli iqtisodiy, moliyaviy hamda ijtimoiy rivojlanişga kömak körsatiş böyiça çoralarni, şuningdek, oziq-ovqat va energetik xavfsizlikni ta'minlaş, raqamli texnologiyalar davrida mehnat resurslarini barqaror rivojlanişi masalalarini muhokama qildik", - deya xabar berdi Vetnam yetakçisi.
Uning sözlariga köra, OTIH iştirokçilari bölgan davlatlar “Bogor maqsadlari”ni (1994 yil) amalga oşirişni tezlaştiriş, köproq e'tiborni xizmatlar, investitsiyalar va notarif tösiqlarni qisqartiriş böyiça çoralarga qaratişga kelişib oldilar.
Uning xabar berişiça, OTIH-2017 sammitida OTIH iqtisodiyotlari yetakçilari va Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasiga a'zo bölgan mamlakatlar yetakçilari iştirokida tarixdagi birinçi norasmiy muloqot bölib ötdi.












