Xitoyning yirik internet provayderi Tencent kompaniyasi Xitoyning Nio startapining asosiy sarmoyadoriga aylandi. U elektromobillar işlab çiqarişni rejalaştirgan. Şanxayning Nio startapiga 2014 yili tadbirkor Uilyam Li asos solgan. U dastavval NextEV deb atalgan va yirik investorlar, xususan Hillhouse Capital Group va Sequoia Capital e'tiborini tortgan edi.
Bahorda 2018 yilga kelib özining ilk elektromobilini seriyali işlab çiqişini e'lon qilgan edi.
7 örindiqli Nio ES8 SUV elektromobili dekabr oyi örtalariga tayyor böladi va Lining işontirişiça, Tesla Model X elektrokariga nisbatan köproq funksiyalarga ega böladi. Şu bilan birga u arzon böladi. Lining fikriça, Tesla startapning asosiy raqobatçi kompaniyasidir. Startap 2020 yili Amerika bozoriga töliq muqobil boşqariluvçi avtomobillarni yetkazib berişni rejalaştirmoqda. Nio firmasiga bu borada Chongqing Changan Automobile avtokompaniyasi tadqiqot va marketing masalasida yordam beradi.
Tencent kompaniyasidan taşqari, investorlar safidan Amerikaning Lone Pine Capital xej fondi, Xitoyning CITIC Capital investitsiya firmasi va şotlandiyalik fond menejyeri Beyli Gifford ham örin olgan. Biroq Nio vakillari hozirça bu holatga izoh berişmayapti, deb yozadi Reuters.
Şu yilning may oyida dunyoning eng tez elektromobili Nio EP9 öz rekordini yangiladi. U 20,8 kmga teng yölni 6 daqiqa 45 soniya 9 lahzada bosib ötgandi. Elektrokar 7,1 soniyada soatiga 200 km tezlikka erişadi. Uning eng yuqori tezliigi 313 km/s ni taşkil etadi.












