2017 yilning 11 noyabrida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Samarqand şahrida Latviya Respublikasi taşqi işlar davlat kotibi Andreys Pilvegoviçis, Ispaniya Qirolligi senatori Xose Ignasio Landanus Kayexo, Atlantika kengaşi huzuridagi D.Patritsiu nomidagi Yevroosiyo markazi direktori Edvard Herbst bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazdi. Ular «Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik» nomli Xalqaro anjumanda iştirok etişmoqda.

Tomonlar BMT Boş Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida va 10 noyabr kuni Samarqanddagi forumida çiqiş qilgan Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taşabbuslari bilan oçilayotgan yangi istiqbollardan kelib çiqqan holda munosabatlarni rivojlantirişning ustuvor jihatlarini muhokama qildilar.

Uçraşuvda ikki tomonlama kun tartibiga oid masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi, deb xabar bermoqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati.