Oxirgi ikki kun içida Braziliyaning 7 ta viloyatida joylaşgan 34 ta turmada mahbuslar isyon kötarişdi yoki oçlik e'lon qilişdi. Bu haqda 11 noyabrda Estado de S. Paulo naşri xabar qildi.
Aksariyat vaziyatlarda nazorat qölga olingan. Eng jiddiy tartibsizliklar Parana ştatidagi Kaskavel munitsipaliteti turmasida yuz bergan. Bu yerda isyonni bostiriş vaqtida 2 mahbus halok bölgan. Isyon 40 soatdan köproq davom etgan. Bu vaqt içida mahbuslar qöriqçilarni garovga olişga muvaffaq bölişgan. Hozirda qöriqçilar ozod qilingan.
Naşr ma'lumotlariga köra, gap jinoiy guruhlar yetakçilari uyuştirgan, avvaldan kelişilgan isyon haqida ketmoqda. Naşrning ta'kidlaşiça, mahbuslar norozilikning turli yöllari bilan turmalardagi şaroitlarning yaxşilanişi uçun kuraşadilar.
2017 yil boşi Braziliyada bir qator turmalarda isyon kötarilişi bilan keçgan. Braziliya tarixida turmada kötarilgan eng yirik isyonlardan biri Manaus şahrida 1 yanvarda sodir bölgan. Öşanda ikki raqib guruhning özaro qarama-qarşiligi oqibatida yuzaga kelgan tartibsizliklar vaqtida 56 mahbus halok bölgan. 6 yanvarda esa Rorayma ştatidagi turmada 33 mahbus öliq holda topilgan. 14 yanvarda Riu-Grandi-du-Norti ştatidagi turmada tartibsizliklar vaqtida 26 kişi halok bölgan.











