Dunyo davlatlari rahbarlari Filippinga Janubi-şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) 31-sammitida iştirok etiş uçun kelişmoqda.

Manila şahri yaqinidagi Klark aeroportida Kanada, Laos, Malayziya, Yangi Zelandiya, Singapur, Tailand, Yaponiya va Indoneziya prezidentlarining samolyotlari qöngan.

Şuningdek, Filippinga RF boş vaziri Dmitriy Medvedov yetib kelgan. Sammit taşkilotçilari ma'lumotiga köra, Maniladagi uçraşuvlarda 19 davlatlarning rahbarlari iştirok etişi kutilmoqda. AQŞ prezidenti Donald Tramp ham Filippinga keladi.

Bundan taşqari, Filippinga XXR raisi Si Jinping 5 kunlik taşrif bilan kelgan. Xitoy hukumati matbuot xizmati ma'lumotiga köra, bu taşrifdan maqsad muhim hududiy masalalarni yeçişdan iborat.

12 noyabr kuni Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mehmonlar uçun taşkilotning 50 yilligi munosabati bilan katta qabul taşkil etadi. Sammitning asosiy marosimlari duşanba kuniga möljallangan.

Manilada dunyo davlatlari rahbarlari xavfsizligini ta'minlaş uçun 60 mingdan ortiq politsiyaçi jalb etilgan.

Asosiy marosimlar ötkaziladigan kvartallar bir neça kun ilgari huquq-tartibot organlar xodimlari tomonidan örab olingandi.

Sammit kunlari şaharda odam köp bölmasligini ta'minlaş uçun mamlakatda 13-15 noyabr kunlari dam oliş kunlari sifatida e'lon qilingan. Şahar markazidagi köplab jamoat joylari vaqtinçalikka yopilgan.

Sammit kun tartibida ektremizmga qarşi kuraş, iqtisodiy integratsiya, hududiy infratuzilmalarni barpo etiş masalalari örin olgan. Konferentsiya davomida qabul qilinişi kutilayotgan muhim hujjatlardan biri mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qiliş böyiça kelişuv bölişi kutilmoqda. Bu hujjat Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlari hududidan bölgan migrantlarning huquqlari himoyasini kuçaytirişga qaratilgandir.

Şu vaqtda Manilada ASEAN işçi sammiti ham ötkaziladi va unda 800dan ortiq delegat qatnaşadi. Forum spikerlari orasida Rossiya va Hindiston boş vazirlari ham bor. Taşkilot tarkibiga kirmaydigan davlatlarning rahbarlari Şarqiy Osiyo sammitida iştirok etişadi.

Konferentsiya yakunida Filippin assotsiatsiya raisligini Singapurga topşiradi.

Janubi-şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi Bruney, Vetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin davlatlarini birlaştirgan taşkilotdir.