IBM korporatsiyasi kvant kompyuterini yaratişda yangi bosqiç haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press.

IBM’ning kvant kompyuterlari yönalişi rahbari Dario Gilning xabar berişiça, mutaxassislar quvvati 50 kubit (kvant bitlari) bölgan hisoblaş maşinasining işlaydigan prototipini yaratişgan.

TechCrunch’ning aniqlik kiritişiça, IBM bunday kvant kompyuteri qaçon tijoriy maqsadlarda foydalaniş uçun taqdim etilişini xabar qilmagan. Şuningdek, naşrning xabar berişiça, IBM bulutli servis orqali 20-kubitli kvant hisoblaşlari taqdim etilişi haqida ma'lumot bergan.

2016 yilning mayida korporatsiya IBM Quantum Experience bulutli servisini işga tuşirdi. U quvvati beş kubit bölgan hisoblaşlarga «eşik oçadi».

Kvant hisoblaş texnologiyalari işlab çiqarişning eng boşlanğiç darajasida turibdi. Ularda superpozitsiya va çigallik kabi kvantmexanik hodisalar foydalaniladi. Hozirça tölaqonli kvant kompyuteri yaratilmadi.