Amerikaning Google korporatsiyasi öta kuçli kvant kompyuterini yaratişga muvaffaq bölganini e’lon qildi – u superkompyuter 47 yil sarflaydigan masalaning yeçimini bir neça soniya içida topadi. Bu haqda ilmiy jurnalda çop etilgan maqolaga tayanib, The Telegraph xabar berdi. 

2019 yilda Google 53 kubit quvvatga ega öta kuçli kvant kompyuteri yaratilganini, u IBM superkompyuteri 10 ming yilda yeçadigan algoritmni 200 soniyada bajara olişini e’lon qildi. Ammo ilmiy hamjamiyat kompaniya yutuğini jiddiy e’tiborga olmadi. 

Yangi tizim, Google ma’lumotlariga köra, avvalgisidan 241 million marta kuçliroq va eng kuçli Frontier superkompyuteri 47 yil içida yeçadigan muammoni 6,7 soniyada hal qila oladi. The Telegraph bunday quvvatni kvant ustunligi deb atadi. 

Avvalroq IBM boş direktori Arvind Krişna 3-5 yil içida kvant kompyuterlaridan tijorat maqsadida foydalaniş boşlanişi mumkinligini aytgandi – buning uçun kubitlar soni 4 mingdan 10 minggaça bölgan kvant kompyuterlari kerak böladi. Hozirgi vaqtda eng kuçli kvant kompyuterlari quvvati 500 kubitga yetmaydi.