AQŞning International Business Machines (IBM) kompaniyasi Xitoyda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ixtirolariga oid faoliyatini yakunlab, mingdan ortiq xodimlarini işdan böşatmoqda, deb xabar beradi SCMP.
Qayd etilişiça, kompaniya China Development Lab va China Systems Lab laboratoriyalarini yopadi, şuningdek, Pekin, Şanxay va Dalyan kabi yirik şaharlardagi xodimlarini işdan böşatadi.
Jiemian naşri ma’lumotlariga köra, ötgan dam oliş kunlari IBM laboratoriyalarida faoliyat yurituvçi xitoylik mutaxassislar kompaniyaning içki tarmoğidan uzib qöyilgan. Işçilar qisqartirilişi haqida esa bugun, 26 avgust kuni ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilingan.
«IBM mijozlar manfaati uçun faoliyatini moslaştiradi va bu özgarişlar uning Xitoy hududidagi mijozlarga xizmat körsatiş qobiliyatiga ta’sir körsatmaydi», — deyiladi xabarda.
IBM — Xitoydagi iş örinlarini qisqartirayotgan transmilliy texnologik gigantlardan biri. Xitoy—Amerika raqobati keskinlaşgani bois global kompaniyalar materikdagi öz faoliyatini özgartirişga majbur bölmoqda.
Joriy yilda Şvetsiyaning telekommunikatsiya qurilmalarini işlab çiqaruvçi Ericson hamda dunyoga maşhur Tesla kompaniyalari, bundan taşqari, Amazon va Intel ham Xitoydagi iş örinlarini qisqartirgan edi.

















