Ispaniya sohil xizmati vakillari 251 nafar afrikalik qoçqinlar qutqarilgani haqida ma'lum qildi. Daily Sabah xabariga köra, bu odamlar 5ta qayiqda Örta Yer dengizini keçib ötmoqçi bölgandi.

Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lumotiga köra, Ispaniya qirğoqlariga suzib keluvçi afrikalik muhojirlar soni ötgan yilning şu davridagiga qaraganda 3 barobar ösdi — yil boşidan buyon Ispaniyaga 15 585 qoçqin keldi.

Migrantlar Ispaniyaga asosan Liviya hududidan kelmoqda, bu davlatdagi siyosiy beqaror vaziyatdan qoçayotganlar Marokaş — Ispaniya marşrutini tanlaşadi.