Saudiya Arabistoni Bahraynga tortilgan neft quvuri işini u portlatilgani sababli vaqtinçalik töxtatdi va mamlakatning qolgan neft obektlaridagi xavfsizlikni kuçaytirdi. Bu haqda qirollikning energetika vazirligiga iqtibos keltirgan holda “Al-Arabiya” telekanali xabar berdi.
Bahrayn içki işlar vazirligi Saudiya Arabistonidan keluvçi neft quvuri “ekstremistik harakatlar” tufayli portlatilganini ma'lum qilgan. Fuqarolik mudofaasi kuçlari quvurda vujudga kelgan yonğinni öçirişga muvaffaq bölgan. Voqea oqibatida heç kim jabr körmagan. Politsiya uşbu hodisa yuzasidan tergov boşlagan.
Saudiya Arabistoni vazirligi uşbu hujumni qoralagan. Ma'lum qilinişiça, Saudiya Arabistonidagi neft obektlarida xavfsizlik “eng yuqori darajaga” kötarilgan.
Neftning Bahraynga vaqtinçalik töxtatilişini Saudi Aramco neft kompaniyasi ham tasdiqlagan.
Bahrayn taşqi işlar vaziri Xolid Al Halifa tvitterdagi xabarda neft quvurining portlatilişida göyoki “Bahrayn xavfsizligiga putur yetkazmoqçi va neft bozoriga zarba bermoqçi bölayotgan” Eronni ayblagan.












