Çexiya Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Özbekiston, Möğuliston va Vetnam fuqarolarini ustuvor ravişda işga joylaştiriş loyihasini amalga oşirişga tayyor.

Çexiya firma va kompaniyalari rekord darajada past işsizlik şaroitida işçi kuçiga juda katta ehtiyojga ega bölmoqda. Ayniqsa, bu işlab çiqariş hamda sanoat sohalarida yaqqol közga taşlanmoqda.

Ayni damda şunday ustuvor işga joylaştiriş loyihasi ukrainaliklar uçun (Režim Ukrajina) amal qiladi. 12 500 ukrainalik Çexiyada işga joylaşiş niyatida ekanini ma'lum qilgan bölsa, ularning uçdan bir qismi mamlakatda allaqaçon işlamoqda hamda yaşamoqda.