Italiyada taşkil etilgan kim oşdi savdosida bir kg.dan kam bölgan tryufel 75 ming yevroga sotildi, deb xabar bermoqda Grintsane-Kavur qal'asi sayti. Aynan şu yerda Asta Mondiale del Tartufo Bianco d'Alba kim oşdi savdosi bölib ötdi.

Asosan ziravor sifatida foydalaniladigan qöziqorinning bir turini honkonglik Yudjin Fung xarid qilgan. U sun'iy yöldoş aloqasi orqali savdoda iştirok etgan. 

Umuman 10 turdagi tryufel qöyilgan kim oşdi savdosidan 370 ming dollarga yaqin mablağ tuşgan.

"Yil qiyin bölganiga qaramay kim oşdi savdosida köplab yuqori sifatli mahalliy zamburuğlarni sotdik. Hongkong bu safar ham muhim savdo maydoniga aylandi", — degan kim oşdi savdosi taşkilotçilaridan biri. 

Uning qöşimça qilişiça, "mablağlarning bir qismi xayriya işlariga yönaltiriladi".