Turkiya politsiyasi yakşanba, 12 noyabr kuni Istanbulda IŞID terrorçilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlangan 32 insonni hibsga oldi. Qölga olinganlarning barçasi – xorijiy davlatlar fuqarolari, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi. Şu bilan birga, ularning millati oçiqlanmagan.
Hibsga olişlar Istanbulning olti tumanida ötkazilgan politsiya reydlari davomida amalga oşirildi. Tintuvlar çoğida hujjatlar, şu jumladan raqamli qurilmalardan ham topildi.
Turkiya huquqni muhofaza qiliş organlari sönggi haftalar içida IŞIDning mamlakat içidagi ehtimoliy tarafdorlari bilan kuraş çoralarini kuçaytirişdi. Juma, 10 noyabrning özida qator şaharlarda 109 kişi qölga olindi, ular IŞID bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Uşbu şaxslardan 82 nafari xorijlik ekani aytilmoqda.
Turkiya içki işlar vaziri Sulaymon Söyluning ma'lum qilişiça, turk politsiyasi sönggi bir yil davomida IŞIDning 4000 tarafdorini qölga olgan. Ulardan 1129 nafari qamoqqa olindi.












