Heç qanday işga boriş va keliş yöq. Heç qanday kutilmagan yiğilişlar. Heç qanaqa dress-kod. Masofadan işlaş qandaydir orzudek körinişi mumkin, toki uning yölida şaxsiy hayotingiz tösiq bölgunga qadar. Idorada uni çetlab ötiş oson, biroq uyda şaxsiy va işçi vaqt örtasida çiziq çiziş biroz muşkul böladi. Vaqtni taqsimlaş böyiça maslahtçi va şu haqidagi kitoblar muallifi Elizabet Greys Sonders Harvard Business Review'da şu mavzudagi mulohazalari bilan bölişdi.
Tasavvur qiling, loyiha ustida iş qizigan vaqtida sizga döstingiz qönğiroq qilib qoldi. Işingizni tugatişingiz kerakligini yaxşi tuşunasiz, biroq gaplaşib oliş mumkin bölsa ham, muloqotdan voz keçiş odobdan emas. Yoxud kundalik rejani tuzişda şaxsiy işlaringizni nima qilişni bilmay qolgan damlaringizni yodga oling. Kun yarmida kir yuviş maşinasini işga tuşiriş köp vaqt olmaydigandek tuyuladi, biroq bunga faqat kun oxirlaganda vaqt topiladi. Oxir-oqibat qaçon band, qaçon böş bölişingiz tuşunarsiz.
12 yil davomida boşqalarga vaqtni taqsimlaş borasida tavsiya berib, masofadan işlovçi inson sifatida men yaxşini ham, yomonni ham, dahşatlisini ham kördim. Mening kuzatuvlarimga köra, eng taşkiliy va samarali xodimlar özlariga özlari çegara belgilaşadi. Bu ularga öz vazifasini muvaffaqiyatli bajariş imkonini berdi.
Elizabet Greys Sonders masofadan işlaş natijalarini yanada samarali va yoqimli qilişga doir bir neça tavsiyasi bilan bölişdi.
Işçi soatlarni belgilab qöying

Bu ğalati eşitilişi mumkin, biroq diqqatni jamlab işlaşni istasangiz, "uydan işlamayapman" deb tasavvur qiling. Taym-menejment böyiça kouç bölişimga qadar işçi jadvalimda xaos hukm surgan. Kompyuterda iş boşlaydigan vaqtim aniq bölmagan, men köpinça kunduzi uçraşuvlarni taşkillaştirar yoki şaxsiy işlarim bilan şuğullanardim. Şaxsiy hayotimda aniq vaqt çeklovlari bölmagani bois işimda ham şunday edi. Uyda bölib turib, tez-tez poçtamni tekşirmasam, vijdonim oldida özimni aybdordek his qilardim. Özimni haqiqiy hordiq çiqariş uçun noloyiqdek his qilardim.
Uydan işlaş uçun "xizmat soatlari"ni aniq belgilab, bu vaqt oraliğida nima mumkinu nima mumkin emasligini rejalaştirganimdan söng barçasi özgardi. Özimga özim savol berardim: "Idorada bölganimda şu işni qilgan bölarmidim?" Agar javob inkor ma'nosida bölsa, buni belgilangan vaqtgaça yoki undan keyin bajarişim kerakligini bilardim. Uy işlari, har xil boşqa işlar va döstlar bilan uçraşuvlarni işdan taşqari soatlarga köçirişga töğri keldi. Ba'zan tuşlik vaqtida qönğiroqlarga javob berişim mumkin edi, albatta. Agar maşinani ta'mirlaşdek şoşilinç iş çiqib qolsa, uni ham kunduzgi paytga belgilaşim mumkin bölardi. Biroq bu qoidadan istisno bölardi, xolos. Çegaralarni aniq belgilab, nafaqat iş uçun aniq vaqt belgilardim, balki işdan taşqari vaqtlarda bemalol şaxsiy işlarim bilan şuğullanardim va buning uçun vijdonim qiynalmasdi.


















