Tojikiston parlamenti quyi palatasi kengaşi «Aholi bandligiga kömaklaşiş töğrisida»gi qonunga kiritilayotgan özgartirişlarni muhokama qildi.

Ularga köra, amaldagi qonunning 1-moddasiga «masofadan turib işlaş» haqidagi yangi band qöşiladi. U iş jarayonida iş beruvçining joylaşgan joyidan taşqarida mehnat qiliş bilan boğliq munosabatlarni tartibga soladi, deb xabar bermoqda «Aziya-Plyus» Tojikiston parlamenti quyi palatasi matbuot kotibi Muhammadato Sultonovga tayangan holda.

Şuningdek, qonun loyihasining ikkinçi qismiga amaldagi qonunning 4-moddasini takomillaştiriş maqsadida yangi band qöşiladi. Unga köra, masofadan turib işlaş bilan şuğullanadigan işçilar band bölgan yoki unga tenglaştirilgan fuqaro hisoblanadi.

Uşbu guruh işçilarining mehnati böyiça öziga xos xususiyatlar Tojikiston Mehnat kodeksi bilan belgilanadi. 

Uşbu özgartirişlar quyi palata deputatlari tomonidan yaqinda bölib ötadigan Tojikiston parlamenti yiğilişida körib çiqiladi.