Amazon gibrid iş rejimi siyosati bekor qilingani sabab xodimlariga haftasiga beş kun ofisdan işlaşni buyurmoqda, deb xabar beradi BBC. Amazon boş direktori Endi Jassining xodimlarga yöllagan xizmat qaydnomasida bu kabi özgarişlar yanvardan kuçga kirişi haqida söz boradi.

«Biz kovid pandemiyasidan oldin bölgani kabi ofisdan işlaşga qaytişga qaror qildik», — deydi u. Jassining qöşimça qilişiça, bu xodimlarga «ixtiroçilik qobiliyatini yaxşiroq işga soliş, birgalikda işlaş va bir-biri bilan yetarliça aloqada bölişi»ga xizmat qiladi.

Amazon’ning korporativ işçini ofisga qaytariş borasidagi sa’y-harakatlari butun dunyo böylab 1,5 milliondan ortiq xodim faoliyat yuritadigan kompaniya içida keskinlikni yuzaga keltirmoqda. Ötgan yili kompaniyaning Sietldagi ştab-kvartirasi xodimlari norozilik aksiyasini ötkazgan edi — bunga kompaniya pandemiya vaqtida masofadan turib işlaydiganlar uçun joriy etilgan ustama pullari tölanişini qiyinlaştirgani sabab bölgan. Oxir-oqibat Amazon namoyiş taşkilotçisini işdan böşatgan.

2021 yilda kompaniya asosçisi Jyeff Bezos örniga boş direktor bölgan Jassining ma’lum qilişiça, u «byurokratiyaning poçta qutisini» taşkil etgan bölib, xodimlar keraksiz qoidalar haqida xabar berişlari mumkin. Şuningdek, kompaniya menejerlar köproq odamlarni nazorat qila olişlari uçun ularga tuzilmani qayta körib çiqişni buyurgan.

Amazon’ga köra, uşbu özgarişlar iş örinlarining qisqarişiga olib kelişi mumkin.

Kompaniyaning ma’lum qilişiça, xodimlar kutilmagan holatlarda, masalan, farzandi kasal bölib qolsa yoki favqulodda holat yuz bersa, oldingidek uydan turib işlay oladi.