Tadqiqotda Yevropa, Örta Şarq va Rossiyadan 10 ming odam qatnaşgan. Ularning aksari uydan işlaganda özini mustaqil va iş unumdorligini yuqori his qiladi.

Pandemiya uydan turib işlaşga bölgan munosabatni tezda özgartirib yubordi. Tadqiqotga köra, unda qatnaşgan har uç kişidan ikki nafari masofadan işlaşning afzalliklari va qiyinçiliklarini tuşunib yetgan.

Tadqiqotda qatnaşganlarning atigi 5 foizi karantin çeklovlaridan oldin uyda işlagan. Lekin hozir 87 foiz xodim masofadan ofis şaroitini yaratgan holda işlaşni afzal köradi.

Cisco vitse-prezidenti Gordon Tomsonning aytişiça, kompaniyalar öz işçilarining yangi talablariga mos ravişda talablarni qayta tuzib çiqişlari kerak. Işçilar işda yoki ofisda işlaşidan qat'i nazar, texnologiyalar ular uçun qulay bölişi va ma'lumotlarining xavfsizligini ta'minlay olişi kerak.

Bunday texnologiyalarga uy şaroitidagi ofisning yoruğlik va issiqlik darajasini tekşiradigan sensorlar yoki ofisdagi xodimlarning niqobda bölişi, ijtimoiy masofa saqlaşini nazorat qila oladigan texnikalar kiradi.