AQŞ OAV prezident Donald Trampning öğli Kiçik Donald Tramp WikiLeaks vakillari bilan yozişib turgani va ularning ba'zi savollariga javob berganidan xabar topdi. Yozişmalar Twitter mikroblogida olib borilgan. WikiLeaks’ning aksariyat  xabarlari jiddiy bölmagan yoki javobsiz qoldirilgan, biroq Kiçik Tramp ulardan ba'zilariga javob qaytargan.

Misol uçun, WikiLeaks vakillari 2016 yil 20 sentabrda Trampning öğliga “Donald Trampning Rossiya bilan aloqasi borligi” haqidagi gaplarni tarqatayotgan siyosiy jamğarma haqida söraganlar. Bu jamğarma göyoki Iroqdagi uruşni qöllab-quvvatlagan. “Men buni bilmayman, biroq sörab köraman”, deb javob qaytargan Kiçik Tramp. U şu bilan birga “yozib olinmaslik şarti bilan” javob berişidan ogohlantirgan. 

WikiLeaks Trampning öğliga Hillari Klintonning WikiLeaks asosçisi Julian Assanjni dron yordamida öldiriş haqidagi gapiga izoh beriş yoki uni tarqatişni taklif qilgan. Kiçik Tramp bu gap tarqatilgani va “Ajablanarli, qanday qilib unga bu gaplari uçun heç narsa qilmaydi”, deb javob bergan.  

WikiLeaks xodimlari Kiçik Trampdan otasining soliq deklaratsiyasini taqdim qilişni talab qilişgan, saylovlar natijalariga e'tiroz bildirişni taklif qilişgan, Avstraliyadan Assanjni AQŞdagi elçisi qilib tayinlaş zarurligini söraşga körsatma berişgan.  

Kiçik Trampning advokati mijozini WikiLeaks bilan aloqa qilgani haqidagi isbotlar taşvişlantirmasligini va u kongress bilan hamkorlik qilayotganini aytgan.

Avvalroq AQŞ maxsus xizmatlari Rossiyani AQŞ demokratik partiyasi milliy qömitasi hujjatlarini öğirlaşda ayblagan. Bu hujjatlar keyinçalik WikiLeaks’da e'lon qilingan. Portal ham, Moskva ham bu ma'lumotlarni rad etişgan.