San-Frantsiskodagi Kaliforniya universiteti olimlari va Cardiogram startapining tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, Apple Watch soatlarining puls va qadam ölçagiçlari yuqori qon bosimi va yurak sohasidagi kasallik belgilari bilan boğliq muammolarga aniq işora qilmoqda. Wired şu haqidagi xabari bilan bölişdi. 

Bu Apple Watch'ning köpçilik öylagandan-da tez şaxsiy murabbiydan şaxsiy şifokorga aylanişi mumkinligini bildiradi. Şunisi diqqatga sazovorki, buning uçun qöşimça datçik yoki sensorlarga hojat yöq.

Apple sentabr oyida Stenford universiteti bilan öz soatlarining aritmiyani aniqlaşga yönaltirilgan tadqiqoti ustida işlayotgani haqida ma'lum qilgandi. Apple'ga boğliq bölmagan AQŞ va Kanada olimlar guruhining olib borgan kuzatuvlari bunga tasdiqlovçi  javobni bergandi. Ötgan hafta esa Aetna suğurta kompaniyasi soğliqni saqlaşga ketadigan xarajatlarini kamaytiriş uçun öz bemorlariga Apple Watch soatlarini tarqatmoqçi ekanini ma'lum qildi. 

Cardiogram Apple Watch kabi qurilmalardan yurak ritmini tahlil qiluvçi va uning faoliyatidagi turli buzilişlarga işora qiluvçi ilovani işlab çiqmoqda. Tadqiqotda 6 mingdan ziyod Apple Watch foydalanuvçisi iştirok etdi. Kompaniya asosçilari Google'dagi iş tajribalarini (Android va Google Assistant uçun nutqdan taniy oliş texnologiyasi) qöllaşdi.

Muhandislar yurak ritmi çastotasi va qadamlar soni haqidagi ma'lumotlarni aniqlaşda Google nutq tahlili uçun qöllovçi neyron tarmoqlarini moslaştirişdi. May oyida kompaniya DeepHeart nomini olgan tizim Apple Watch ma'lumotlaridan foydalanib, yurak sohasidagi kasallikni oldindan aytib bera olgandi. Sönggi tadqiqotning körsatişiça, gipertoniyani 80 foizgaça va apnoeni 90 foizgaça aniqlik bilan prognoz qiliş uçun bir haftalik ma'lumotlarning özi yetarli. 

Janubiy Kaliforniya universitetidagi Body Computing markazi ijroçi direktori va kardiolog Lesli Saksonning sözlariga köra, yurak ritmi va qadamlar sonini bilvosita aniqlaş ğoyasi katta sinovlarni talab qiladi. 

"Tadqiqotda korrelyatsiya kuzatilmoqda va bu juda muhim, biroq uning tibbiyot uçun qadr-qimmati hali isbotlanmagan", - deydi u. Sakson Apple Watch'ning yurak haqidagi ma'lumotlari aniqligi insonning qurilmani qanday tutişiga qarab ham farqlanişini aytdi. Cardiogram muhandislari vaqt ötgaç, aniqlik darajasi yanada oşişiga umid qilişmoqda: hozirda tadqiqotda 30 ming kişi iştirok etmoqda. 

Cardiogram FDA talablariga muvofiq keliş maqsadida öz ilovasi orqali taşxislarni taqdim etmoqçi emas. Tizim qandaydir salbiy özgarişlarni aniqlagan holatda, foydalanuvçiga tibbiy körikdan ötiş tavsiya qilinadi.