Elektrokarlar yaratiş bilan şuğullanuvçi Fisker kompaniyasi elektromobillar uçun akkumulyatorlar işlab çiqariş sohasida ilğor işlanma yaratganini ma'lum qildi. Kompaniya vakillarining aytişlariça, elektrokarga bir quvvatlanişda 800 km masofa bosişga imkon beruvçi batareya yaratildi. Bu batareyaning yana bir e'tiborli va muhim jihati, uni töliq quvvatlaş uçun bir daqiqadan kamroq vaqt kifoya qilar ekan.
Ma'lumki, ayni vaqtda Tesla’ning bir quvvatlanişda eng köp masofa bosuvçi modeli bir quvvatlanişda 540 km yöl bosa oladi. Uning batareyasini quvvatlaş uçun yarim soat talab etiladi.
Biroq Fisker batareyalarining ommaviy işlab çiqarilişi 2023 yildan oldin boşlanmaydi. Bu vaqtgaça esa şunga öxşaş ilğor batareyalar qolgan raqobatçilarda ham paydo bölişi mumkin.












