Rossiyaning qimmatbaho smartfonlar va aksessuarlar brendi Caviar 344 dona qora brilliant bilan bezalgan iPhone X smartfonini yaratganini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya vakili ma'lum qildi.
“Rossiya boyligi” deb nomlangan kolleksiyaga kirgan telefonning narxi 2,4 mln rublni yoki 40 ming dollarni taşkil qildi. Hozirda bunday pulga Moskvada bir xonali kvartira xarid qiliş mumkin.
“Bugun Caviar qora ikra va Imperator tojiga bağişlangan iPhone X’ni taqdim qiladi”, deb aytgan kompaniya vakili. Uşbu iPhone X korpusi oltin bilan qoplangan hamda brilliant va yoqutlar bilan bezalgan. Uşbu smartfon yagona nusxada yaratildi.

Caviar iPhone X modeli korpusi osyotr baliği ikrasining fakturasiga öxşaş bajarilgan va antiqa relef hosil qiladi. Korpus şuningdek Rossiya gerbi va madhiyasidan sözlar bilan bezalgan.
Caviar kompaniyasiga italiyalik zargar Iliya Jakometti tomondan asos solingan. Uşbu firmaning birinçi buyumi 2001 yilda taqdim qilingan. “Caviar” sözining tarjimasi ikra deganidir.












