Stealth 2.0 kolleksiyasiga smartfonlarning Black va Titanium versiyalari kirgan. Ta’kidlanişiça, zirhga ega smartfonlar töpponçadan otilgan öqqa bardoş bera oladi.

Black versiyasi zirhli texnika va jangovar vertolyotlar işlab çiqişga ixtisoslaşgan “TsIT” korxonasi tomonidan işlab çiqariladigan BR-2 sinfidagi öq ötkazmaydigan zirhga ega. Uşbu modelda kameralar bloki yöq. Titanium modeli esa zarbalarga bardoşli titandan tayyorlangan bölib, unda barça kameralar mavjud.

Ta’kidlanişiça, Black va Titanium modellaridan 99 donadan işlab çiqariladi. 128 Gb doimiy xotiraga ega iPhone 13 Pro negizidagi Black modeli 379 ming rubl, Titanium esa 374 ming rubldan sotuvga çiqariladi. 1 Tb xotiraga ega iPhone 13 Pro Max Black va Titanium esa mos ravişda 484 ming va 479 ming rubldan sotiladi.