15,81 karatli brilliant 226,3 mln Hongkong dollariga sotilgan. Platina va oltindan işlangan uzukka qöyilgan qimmatbaho toş 25 mln dollardan 38 mln dollargaça baholangandi.
«Sakura» brillianti töq puşti rangli brilliantlar orasida eng yirigi hisoblanadi. Bunday olmoslar tabiatda juda kam uçraydi va ulardan bor-yöği 10 foizigina 0,2 karatdan oğirroq çiqadi.

Puşti brilliantlar uçun avvalgi rekord narx 2020 yil noyabrda örnatilgandi. Öşanda Jyenevadagi kimoşdi savdosida 14,83 karatli «Atirgul ruhi» brillianti 26,6 mln dollarga sotilgan. Qimmatbaho toş Yoqutistonda topilgan.












