Peru terma jamoasi JÇ-2018 yöllanmasi uçun Yangi Zelandiyaga qarşi öyinlarda umumiy hisobda ğalaba qozondi va 32-yöllanmaga ega çiqdi.

Jamoalarning Limada ötgan javob uçraşuvida maydon egalari 2:0 hisobida ğalaba qozonişdi. Gollarga Jyefferson Farfan (27-daqiqa) va Kristian Ramos (65) mualliflik qilişdi.

Ötgan haftada Vellingtonda ötkazilgan birinçi öyinda golsiz durang hisobi qayd etilgandi - 0:0.

Şu tariqa, peruliklar 1982 yildan buyon ilk marta jahon çempionatida iştirok etadigan böldi.

Rossiya mundiali uçun qur'a taşlaş marosimi 1 dekabr kuni Moskvada ötkaziladi, turnir 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 8 şahridagi 11 stadionda bölib ötişi belgilangan.

JÇ-2018 saralaşi
Pley-fff
Javob öyinlari
Peru – Yangi Zelandiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 28 Farfan, 2:0 – 65 Ramos.
Peru – Galese, Ramos, Trauko, Advinkula, Rodriges, Kueva (Sela, 86), Tapiya, Polo (Karrilo, 74), Farfan, Flores, Ruidias (Yotun, 66).
Yangi Zelandiya – Marinoviç, Rid, Dyurent (Brokki, 77), Uinn, Boksell, Lyuis (Roxas, 59), Kolvi, Tuiloma (Vud, 46), Tomas, Barbaruses, Makglinçi.
Ogohlantirişlar: Tomas (19), Flores (22), Ramos (75), Galese (80).
Birinçi öyin – 0:0