«Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduga jamoa sardori Serxio Ramosning sönggi intervyusidagi gaplari yoqmagan, deb xabar bermoqda El Chiringuito.

Avvalroq, portugaliyalik töpurar ma'lum sabablarga köra «Real»ni tark etmoqçi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ramos esa bu haqdagi savolga javob berişni istamadi va hammasini Ronalduning özidan sörang, deb çört kesdi.

Bungaça Ronaldu, «Tottenhem»ga (1:3) qarşi Çempionlar Ligasi bahsidan söng, Ispaniya grandi bilan yangi şartnoma imzolamasligi haqida bayonot berdi. Ramos esa uni ta'magirlikda ayblagan edi.

Eslatib ötamiz, Ronalduning amaldagi şartnomasi 2021 yilgaça möljallangan.