Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Niğmatilla Yöldoşev va Özbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatçisi Umar Ismoilov 2017 yil 16 noyabr kuni mamlakat rahbari topşiriğiga köra taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovga «Fidokorona xizmatlari uçun» ordenini topşirdilar. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
“Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlaşdagi ulkan xizmatlari, Özbekiston manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qiliş va ilgari surişdagi köp yillik samarali mehnati va 70 yoşga tölişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev TIV rahbarini yuqori davlat nişoni bilan mukofotladi”, - deyiladi xabarda.
Abdulaziz Hofizoviç Komilov 1947 yil Yangiyöl şahrida tuğilgan. 1972 yil SSSR Taşqi işlar vazirligining Diplomatik akademiyasini bitirgan. 1978-80 yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Şarqşunoslik bölimida öqigan. Komilov tarix fanlari nomzodidir.

Komilov 1973-1976 yillar Sovet Ittifoqining Livandagi elçixonasida attaşe bölib işlagan. 1980-1984 yillarda Sovet Ittifoqining Suriyadagi elçixonasida ikkinçi kotib sifatida işlagan. 1984-1988 yillarda esa SSSR Taşqi işlar vazirligining Yaqin Şarq işlari bölimida mehnat qilgan.
1988-1991 yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Jahon iqtisodiyoti hamda taşqi işlar bölimida, 1991-1992 yillarda Özbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elçixonasi maslahatçisi sifatida faoliyat yuritgan. 1992-1994 yillarda Özbekiston milliy xavfsizlik xizmati raisi örinbosari bölgan.
1994 yil Komilov Özbekiston taşqi işlar vaziri etib tayinlangan. 1998-2003 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori bölgan. 2003 yil Komilov örniga Sodiq Safoyev taşqi işlar vaziri etib tayinlangan. Buning ortidan Komilov Özbekiston prezidentiga taşqi işlar böyiça maslahatçi lavozimiga tayinlangan.
2003 yil Komilov Özbekistonning AQŞ hamda Kanadadagi elçisi etib tayinlangan. 2008 yil Komilov mamlakatning Braziliyadagi elçisi sifatida ham işlay boşlagan. 2010 yil taşqi işlar vaziri örinbosari lavozimiga, 2012 yilga kelib esa taşqi işlar vaziri etib tayinlangan.
Abdulaziz Komilov “Mehnat şuhrati”, “Döstlik”, “Özbekiston belgisi” va “Özbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.












