Futbol böyiça Özbekiston terma jamoasi yettinçi bor Jahon çempionatlari saralaşlarida qatnaşib, yana muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Albatta, terma jamoa tarixida jahon çempionatiga çiqiş uçun atigi bir gol yoki bir ğalaba yetişmagan paytlar ham böldi, hattoki uning ğalabasi bekor qilingan çoğlar ham.
Mustaqillik yillarida Özbekiston futboli ayrim yutuqlarga ham erişgan. Keling, ularni bir-bir esga olaylik.
ÇeMPIONATLAR 26 TA, ÇeMPIONLAR 27 TA
1992 yildan buyon, 26-marta taşkillaştirilgan Özbekiston milliy çempionatining bu yilgi mavsumida Toşkentning «Lokomotiv» klubi ikkinçi bor çempion bölişga juda yaqin turibdi va yangi çempion Özbekistonning 27-çempioni böladi. Eng dastlabki çempionat — 1992 yilgisida Toşkentning «Paxtakor» va Farğonaning «Neftçi» klublari oçkolari teng bölgani bois birvarakayiga qöş çempion, deya e'lon qilingan. Kumuş medal heç kimga berilmagan.
JAHON ÇeMPIONLARI ÖZBeKISTON ÇeMPIONATIDA

Özbekiston çempionatida jahon çempioni töp surgan va jahon çempioni bölgan murabbiy işlagan. 2002 yilgi jahon çempioni, 1999 yilda «Oltin töp» mukofoti va FIFAning «Yilning eng yaxşi öyinçisi» Rivaldo 2008-2010 yilgi mavsumlarda Özbekiston çempionatida töp surgan va hattoki 2009 yili 20ta gol bilan çempionatning eng yaxşi töpurari sifatida tarixda qolgan. U ikki bor Özbekiston çempioni (2008-2009) va bir bor mamlakat kubogi sohibi (2008) ham hisoblanadi.
Murabbiy sifatida 2002 yilgi jahon çempioni Luis Felipe Skolari ham «Bunyodkor»ni 2009-2010 yillarda boşqargan va 2009 yili çempionlik sari yetaklagan.
ÖZBeK FUTBOLINING ENG KATTA YuTUĞI XIROSIMADA RÖY BeRGAN

Özbek futbolining eng esda qolarli yutuği 1994 yili Yaponiyaning Hirosima şahrida ötkazilgan Osiyo öyinlarining futbol musobaqasida quçgan zafaridir. Guruh uçraşuvlarida Saudiya Arabistoni (4:1), Malayziya (5:0), Hongkong (1:0), Tailand (5:4) ustidan ğalaba qozongan Özbekiston futbolçilari çorak finalda Turkmanistonni 3:0, yarim finalda Janubiy Koreyani 1:0 hisobida yengib, finalda xitoylik futbolçilar ustidan 4:2 hisobida ğalaba qozonişadi.
Öşa paytlarda Osiyo öyinlarida milliy terma jamoalar iştirok etişardi. Yangi asrdan Osiyo öyinlaridagi futbol turnirida olimpiya (U23) terma jamoasi iştirok etadigan böldi.
JAHON ÇeMPIONATI SARALAŞ ÖYINI QAYTADAN ÖTKAZILGAN

2006 yili Germaniyada ötkazilgan jahon çempionati saralaş turnirining Özbekiston va Bahrayn terma jamoalari örtasidagi OFK mintaqasi pley-off uçraşuvining dastlabkisi Toşkentda bölib ötadi. Öyinni boşqargan hakam — yaponiyalik Toşimitsu Yoşida öyinda bahraynliklar darvozasiga penalti belgilaydi. Server Jyeparov tomonidan amalga oşirilgan penalti gol böladi. Biroq Temur Kapadze penalti ijro etilayotgan çoğda raqib jarima maydoniga zarbadan avval kirgani sababli penalti qaytadan ijro etilmasdan, Bahrayn foydasiga erkin töp belgilanadi. Garçi öyinda Özbekiston 1:0 hisobida ğalaba qozongan bölsa ham, Özbekiston futbol federatsiyasi hakamlik ustidan şikoyat qilib xat yozadi. FIFA öyin natijasini bekor qilib, öyinni boşqatdan ötkazadi. Toşkentdagi qayta ötkazilgan öyin 1:1 hisobida yakunlanadi va Manamadagi öyinda hisob oçilmaydi. Qit'alararo pley-offga Bahrayn yöl oladi. Yoşida esa hakamlikdan çetlatiladi.
15 YILDAN BeRI FAQAT POYTAXT JAMOALARI ÇeMPION BÖLMOQDA

Agar 2017 yilgi çempionatda Toşkentning «Lokomotiv» jamoasi çempion böladigan bölsa, Özbekiston çempionligi kubogi qatorasiga 16 yil ketma-ket poytaxtni tark etmaydigan böladi. Viloyat jamoalari içidan sönggi bor Özbekiston çempionatida 2001 yili Farğonaning «Neftçi» klubi çempion bölgan edi. Sönggi 15 çempionatda «Paxtakor» 9 marta, «Bunyodkor» 5 marta, «Lokomotiv» bir marta ğalaba naşidasini surgan.
ÖZBeKISTON ÖSMIRLARI VA YoŞLARI JAHON ÇeMPIONATI ÇORAK FINALIGA ÇIQIŞGAN

2011 yili Meksikada ötkazilgan 17 yoşgaça bölgan ösmirlar örtasidagi jahon çempionatida va 2013 yili Turkiyada ötkazilgan 20 yoşgaça bölgan yoşlar örtasidagi jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi a'zolari çorak final yöllanmasini qölga kiritişgan. Ösmirlar urugvaylik tengdoşlariga imkonni boy bergan (0:2) bölişsa, yoşlar tarkibida Pogba, Umtiti, Dine kabi bölajak yulduzlar töp surgan fransiyalik futbolçilarga 4:0 hisobida yutqazişgan.
ÖZBeKISTON TeRMA JAMOASI BIR ÖYINDA 15 TA GOL URGAN

1998 yili Tailand poytaxti Bangkokda ötkazilgan Osiyo öyinlarining futbol turnirida qatnaşgan Özbekiston milliy terma jamoasi saralaş bosqiçi G guruhida Möğuliston terma jamoasi darvozasiga javobsiz 15ta töp yöllagan. Qayd etiş joizki, Özbekiston öşanda 4 yil avvalgi natijasini takrorlay olmagan va çorak finalda bölajak çempion — Eronga 0:4 hisobida yutqazib, musobaqani erta tark etgan.
ÖZBeK KLUBLARI OSIYo VA MDH KUBOKLARINI QÖLGA KIRITGAN

2011 yili özbek futbol klublari tarixida xalqaro miqyosdagi eng yuksak natija qayd etilgan. Qarşining «Nasaf» klubi OFK kubogini qölga kiritdi. Ta'kidlab ötiş joizki, final uçraşuvi Qarşida taşkillaştirilgan va mehmon jamoa — Kuvaytning «Al-Kuvayt» klubini 2:1 hisobida mağlub etilgan.
Bungaça 2007 yilda Toşkentning «Paxtakor» jamoasi MDH kubogi ğolibi bölgan edi. Moskvada ötgan finalda paxtakorçilar Latviyaning «Ventspils» klubi ustidan penaltilar seriyasida ğolib kelişgan edi.
SeRVeR JYePAROV IKKI BOR OSIYoNING ENG YaXŞI ÖYINÇISI BÖLGAN

Özbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jyeparov ilk marta 2008 yili Osiyoning eng yaxşi öyinçisi, deb topilgan. Öşanda u «Bunyodkor» klubi safida töp surardi. Oradan 3 yil ötib, 2011 yili ham u ikkinçi bor qit'aning eng yaxşi öyinçisi deb topildi. Bunga sabab qilib Server Jyeparovning Qatarda ötgan Osiyo kubogidagi yorqin öyinlari körsatilgan. Bu vaqtga kelib u Saudiya Arabistonining «Aş-Şabob» klubiga ötgan edi.
Bungaça qit'a miqyosida Özbekiston terma jamoalari boş murabbiylari — 1999 yili Mahmud Rahimov (marhum) va 2007 yili Rauf Inileyev eng yaxşi murabbiylar deb topilişgan.
«Paxtakor» (Toşkent) esa 2002 yili qit'ada yilning eng yaxşi klubi bölgan.
ÖZBeK HAKAMI RAVŞAN ERMATOV JAHONDA ReKORD QÖYGAN

Özbekistonlik hakam Ravşan Ermatov Jahon çempionatlarining 9 ta uçraşuvini boşqarib, bu borada rekord örnatgan. U 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasida taşkillaştirilgan jahon çempionatida 5 ta, 2014 yili Braziliyada ötgan jahon çempionatida 4ta öyinni boşqargan. 2018 yili Rossiyada ötadigan jahon çempionatida ham qatnaşiş imkoni borligi hisobga olinsa, u yaqin orada yangilanmaydigan rekord sohibiga aylanişi mumkin.
Ravşan Ermatov 5 marta (2008–2011 yillar va 2014 yilda) Osiyoning tengsiz hakami deb e'tirof etilgan.
Şuhrat Şokirjonov











