AQŞda Kanadaning TransCanada kompaniyasining Keystone neft quvuridan avariya sababli 795 ming litr neft taşqariga oqib ketdi. Bu haqda 16 noyabrda kompaniya vakillariga iqtibos keltirgan holda CBC telekanali ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, avariya 16 noyabrda Janubiy Dakota ştatidagi Marşall okrugida yuz bergan. Avariya tufayli neft quvurining Kanadadagi Xardisti şahridan AQŞning Kaşing va Patoka şaharlarigaça bölgan qismi yopib qöyilgan. Ta'kidlanişiça, avariya oqibatlari bartaraf etilgungaça bu qism yopiq böladi. Boşqa tafsilotlar keltirilmagan.
Keystone neft quvuri orqali Kanadaning Alberta viloyatidagi va Meksika körfazidagi sohillardan olinadigan neft AQŞning Nebraska, Illinoys, Oklaxoma va Texas ştatlaridagi neftni qayta işlaş zavodlariga yetkaziladi.












