Xitoyning Baidu internet-kompaniyasi 2018 yilning örtalariga kelib haydovçisiz avtobuslarni işlab çiqarib, sinovdan ötkazişni boşlaydi. Bu haqda China Daily gazetasi xabar berdi.
"Kompaniya direktorlar kengaşi raisi va boş direktori Robin Lining ma'lum qilişiça, Baidu Xitoyning Xiamen King Long United Automative Industry tijorat avtomobillari işlab çiqaruvçisi bilan birga, 2018 yilning iyuliga qadar haydovçisiz avtobuslarni tajriba tariqasida foydalanişga topşiriş hamda ommaviy işlab çiqarişni rejalaştirmoqda, ular tegişli tumanlarga qatnaydi", - deya yozadi gazeta.
Naşrning ta'kidlaşiça, Baidu 2018 yilda haydovçisiz yengil avtomobillarni sinovdan ötkaza boşlaydi, 2020 yilga kelib esa ularni ommaviy işlab çiqariş imkoniyati yaratiladi. "Kompaniya haydovçisiz avtomobillarni 2020 yildan boşlab ommaviy işlab çiqariş imkoniyati borligi haqida xabar berdi, biroq uning rahbariyati bu maqsadga vaqtliroq erişiş ham istagida", - deya ta'kidlaydi China Daily.
«Xuddi öq kabi» - Mask Tesla’ning haydovçisiz yuk maşinasini namoyiş etdi
"Biz Xitoyning JAC Motors hamda BAIC Group işlab çiqaruvçilari bilan haydovçisiz avtomobillarni 2019 yilda işlab çiqarişni yölga qöysak, Chery Automobile bilan bu 2020 yilda yuz beradi", - deya kompaniya rahbarining sözlarini keltiradi naşr.












