Prezident Sergeli tumani içki işlar boşqarmasi qoşidagi 50-şahar içki işlar bölimi faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Mazkur içki işlar bölimining asosiy vazifasi tumandagi «Bunyodkor», «Mehrigiyo», «Habibiy», «Özgariş», «Çoştepa», «Jönariq», «Nöğayqörğon» mahalla fuqarolar yiğinlarida tinçlik va osoyiştalikni ta'minlaş, hududda jinoyat sodir etilişining oldini oliş, ularni barvaqt aniqlaş, aholi örtasida profilaktika tadbirlarini ötkazişdan iborat.
Bölimda navbatçilik qismi, texnik qöriqlaş markazi, tezkor vakil, suriştiruvçi, migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş inspektori, voyaga yetmaganlar va yoşlar böyiça inspektor hamda mahalla profilaktika inspektori samarali faoliyat körsatişi uçun barça şaroit yaratilgan.
Içki işlar bölimi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Mavzedagi köp qavatli uylarning 100 dan ortiq kiriş yölagi va 22 gavjum joyga videokuzatuv uskunalari örnatilgan. Bu hududni tunu kun nazorat qiliş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarga qarşi kuraşiş, ularning oldini olişda öz samarasini beradi.
Prezident 50-şahar içki işlar bölimi xodimlari bilan 15 noyabr kuni huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş masalalariga bağişlab ötkazilgan videoselektor yiğilişida belgilangan vazifalar ijrosi quyi poğonada qanday aksini topayotgani yuzasidan muloqot qildi.
Hozirgi kunda eng katta masala – bu içki işlar tizimining quyi böğinini mustahkamlaşdan iborat, dedi Şavkat Mirziyoyev. Biz profilaktika inspektorlarining yaşaşi va işlaşi uçun barça şaroitlarni yaratib berdik. Endi ularning salohiyatini, mahalla fuqarolar yiğini bilan hamkorligini kuçaytiriş zarur. Bundan keyin har bir mahalladagi profilaktika inspektori örniga uç nafar eng professional xodim saralab olib biriktiriladi. Şunday qilsak, ular örtasida raqobat paydo böladi, odamlarning tinçligi va osoyiştaligini ta'minlaydigan çinakam samarali tizim yaratiladi.
Davlat rahbari zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlangan avtotransport vositasida şubhali şaxslarning suratini oliş va ularni aniqlaş böyiça örnatilgan tizimning işlaş jarayonini közdan keçirdi. Toşkent şahrida içki işlar bölimlari uçun şunday maskanlar quriş va ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlaş yuzasidan topşiriqlar berdi.











