Oğir atletika böyiça uç karra Olimpiya çempioni Naim Sulaymonöğlu 50 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda. 

Sportçi jigar bilan muammodan davolanayotgan şifoxonada vafot etgan. Sentyabrda Sulaymonöğlu jigar sirrozi gumoni bilan şifoxonaga tuşgan, 11 noyabrda esa operatsiya qilingan. 

Sulaymonöğlu 1967 yilda Bolgariyada tuğilgan. U musobaqalarda Bolgariya uçun 1986 yilgaça iştirok etgan. 1987 yilda Turkiya fuqaroligini olgan. Şundan keyin u 1988, 1992 yillardagi Olimpiya öyinlarida 60 kg gaça, 1996 yilda esa 64 kg gaça vazn toifasida Olimpiya çempioni bölgan. Sportçi Turkiya safida 5 karra jahon çempioni bölişga muvaffaq bölgan.   

Sulaymonöğlu oğir atletikada eng unvondor sportçi hisoblanadi. U faoliyati davomida 46 ta jahon rekordini örnatgan.