AQŞ milliy arxivi AQŞning 35-prezidenti Jon Kennedining öldirilişi bilan boğliq Federal qidiruvlar byurosining yana 10744 ta hujjatini e'lon qildi. Bu haqda 17 noyabrda Wbay ma'lum qildi. Hujjatlar mazmuni haqida ma'lumot berilmagan.

Ta'kidlanişiça, 8,3 mingdan köproq hujjat töliq holda, 2,4 mingi esa matni tahrirlangan holda berilgan.  

Bu Kennedining öldirilişi bilan boğliq hujjatlarning beşinçi e'lon qilinişidir. Avvalroq milliy arxiv tomondan 20,5 mingdan köproq hujjat e'lon qilingandi.

Kennedi AQŞni 2,5 yil boşqargan va 1963 yil 22 noyabrda Dallasda otib öldirilgan. Rasmiy versiyaga köra, Kennedini Li Xarvi Osvald ismli şaxs yakka özi öldirgan. Biroq prezidentning ölimi borasida hali ham turli taxminlar bildiriladi.