Yuguriş nafaqat vazn taşlaşga, balki tana va qalb uyğunligiga erişişga yordam beradi. Köpçilik yugurişni nima uçun yomon körişi ayon. Bu maşğulot jismoniy noqulaylik, terlaş va ba'zan yoqimsiz hid, yetarliça tezlikka ega bölmaslik natijasida hukm qilinişdan qörqiş bilan boğlanadi. Greatist şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi.

Odamlarning yuguriş bilan şuğullanişiga köpinça şirinliklar iste'moli ortidan kelgan kaloriyalarni parçalaş istagi sabab böladi. Inson nafaqat öz tanasini "jazolaş" uçun, balki jismoniy va ruhiy jihatdan kuçli böliş uçun ham yugurişi kerak.

1. Yuguriş sizni kuçliroq qiladi

Özingizni kamdan-kam holatlarda kuçli deb his qilsangiz, yuguriş, ayniqsa tez yuguriş, bu muammoni hal qilişga qodir. Şiddat bilan oldinga intilayotganingizda kundalik hayotingizda his qilmaydigan hissiyotlarni boşdan keçirasiz. Bu öz tanangizni qadrlaşga undaydi.

Tezligingiz oşganida yoki ikki kilometrga köproq masofani bosib ötib, yangi körsatkiçni qayd etganigizni his qiliş juda ajoyib. Şunday bölsa-da, hatto uç kilometrli sekin yuguriş maşqlari ham zavq olib kelişi mumkin.

2. Yuguriş fikr va hissiyotlaringizni "hazm qiliş"ga yordam beradi

Agar siz doim band bölsangiz va smartfon yoki kompyuterga boğlangan bölsangiz, nima haqida öylayotganingiz va nimalarni his qilayotganingizni anglab yetişingizga vaqt yetmaydi. Aksariyat oson çalğiydi va yanada samaraliroq böliş zaruratini his qiladi. Yugurayotganingizda öy-xayollaringiz bilan yolğiz qolasiz.

Bundan taşqari, siz öz his-tuyğularingiz bilan uyğunlaşuvga erişasiz. Siz quvonçdan boşlab to ğazabgaça - barça-barçasini "hazm qilişingiz" osonlaşadi. Siz butun salbiy energiyangizni jismoniy harakatga yönaltirişingiz va şu tariqa ğazabdan xalos bölişingiz mumkin.

3. Yuguriş özingizni tirik his etiş imkonini beradi

Oldinga qarab harakatlanayotganingizda kuçli zavq va hayajon qamrab olayotganini his qilasiz. Yuguriş bilan professional şuğullanuvçilar doimiy tarzda buni his qilişi qiyin - hatto professionallar uçun ham vaqti-vaqti bilan çarçaş va sekin harakatlaniş normal holatdir. Biroq özingizni tetik his etişingiz uçun ham yugurişga çiqiş tavsiya etiladi.