2017 yil 16 noyabrda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vaziri Ruslanbek Davletovning mamlakatdagi Isroil Davlati elçisi Eduard Şapira bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Adliya vaziri Eduard Şapirani elçi lavozimiga tayinlangani bilan qutlab, Özbekiston Isroil Davlati bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini kengaytirişga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidladi.

Özbekiston tomoni qayd etganidek, Adliya vazirligi Isroil bilan turizmni rivojlantiriş, uning hududida Özbekiston turistik mahsulotini ilgari suriş, Isroildan sayyohlar oqimini jalb qiliş masalalarida özaro hamkorlikni faollaştirişni ta'minlaş borasida mas'ul hisoblanadi.

Şu bois, R. Davletov mehmonga Özbekiston Respublikasining turizm sohasini rivojlantiriş, mamlakat obro‘-e'tiborini xalqaro maydonda mustahkamlaş borasidagi siyosati, xalqimizning ma'naviy-madaniy merosi va turistik-rekreatsion salohiyati haqida qisqaça ma'lumot berdi.

Öz navbatida, elçi Eduard Şapira R.Davletovga uşbu uçraşuvni taşkil etgani uçun minnatdorçilik izhor etdi va mamlakatlarimiz örtasida ikki tomonlama munosabatlar yanada rivojlanişiga umid bildirdi. 
 
Uçraşuv davomida tomonlar turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning quyidagi jihatlarini muhokama etdilar: respublika turistik tarmoğini takomillaştiriş maqsadida Isroildan ekspertlarni jalb qiliş; isroillik sayyohlar uçun viza tartibini yengillaştiriş va tranzit turlarni taşkil etiş; Isroil OAVda Özbekiston turistik salohiyatini keng tarğib etiş va reklama qiliş; “Ipak yöli” hududiy turlarni taşkil etiş;  sayyohlarga Özbekiston Respublikasi hududida bölgan vaqtida qulay şaroitlar yaratiş; Samarqand va Buxoro şaharlarida joylaşgan tarixiy yahudiy sinagogalar böylab turlar taşkil etiş.

Vazir ta'kidlaganidek, Özbekiston tomoni idora vakolatiga kiruvçi barça sohalarda muloqot va hamkorlik uçun oçiqdir. Uçraşuv yakunida tomonlar muloqot işçanlik va samimiy ruhda ötganligini qayd etdi.