Zimbabveni uzoq yillar mobaynida boşqarib kelgan 93 yoşli prezident Robert Mugabe yakşanba kuni hukmron partiya yetakçiligi vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Markaziy Qömitaning navbatdan taşqari sessiya yiğilişida qaror qabul qilingan.

Reuters agentligining yozişiça, 37 yil mamlakatni boşqargan prezident Mugabe örniga mamlakat vitse-prezident Emmerson Mnangagva ZANU-PF yetakçiligiga saylangan.

Robert Mugabening turmuş örtoği Greys Mugabe ham partiya a'zoligidan çetlatildi.

Foto: AP

Zimbabve xalq harakati faollaridan biri, keksa faxriy harbiy Kris Mutsvangvaning aytişiça, «vaqt borida Mugabe va uning hamtovoqlari mamlakatni tark etişi lozim. Ayni paytda hokimiyat almaşinuvi juda aniq tartibda amalga oşmoqda».

Mamlakat poytaxti Harareda allaqaçon bayram boşlangan. Bor-yöği tört kun içida hokimiyatdan ağdarilgan Robert Mugabe taqdiri Afrika mintaqasidagi bir neçta kuçli prezidentlik davlatlariga, jumladan Uganda, Kongo Demokratik Respublikasiga katta saboq böldi.