Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Norvegiyadagi NATO maşğulotlarida uning va Turkiya asosçisi Mustafo Kamol Otaturk suratlarining “nişonlar” sifatida belgilanişi uçun Norvegiya mudofaa vaziri Franke Bakke-Yensenning uzrini yetarliça emas, deb hisoblamoqda. 

“Keça siz NATO maşğulotlarida bizga nisbatan hurmatsizlikni kördingiz. Şunday xatolar borki, ularni ahmoqlar emas, yaramas odamlar qiladi”, deb aytdi Erdöğan. U bunday mavzuni “oddiygina uzr söraş bilan yopib bölmasligini” qöşimça qilgan. 

17 noyabrda Erdöğan NATOning Norvegiyadagi “Uç tişli nayza-2017” (Trident Javelin 2017) deb nomlangan maşğulotlarida uning va Otaturkning rasmlari şartli raqibni belgilaş uçun qöllanganini ma'lum qilgan. Şu tufayli maşğulotlardan 40 nafar turk harbiysi ortga çaqirtirib olingan. Sabah turk naşrining ma'lum qilişiça, şuningdek, kelib çiqişi turkiyalik bölgan norvegiyalik mutaxassis NATOning yopiq axborot tarmoğida Erdöğan nomidan NATO nomiga haqoratomuz xabarlar joylaştirgan.

Norvegiya mudofaa vaziri NATO a'zosi hisoblanuvçi Turkiyadan 17 noyabrning özidayoq uzr söragan va bundan afsuslaniş bildirgan. Şuningdek, uşbu hodisa uçun NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg ham öz uzrini keltirgan.