Xitoy poytaxti Pekin janubida çiqqan yonğin oqibatida 19 kişi halok böldi, yana 8 kişi jarohat oldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma'lum qildi.

Yonğin 18 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 18.00da Dasin tumanidagi Sintszyan qişloğida sodir bölgan. Voqea joyiga çiqqan öt öçiruvçilar alangani 3 soatdan keyingina öçirişa olgan.

Jarohatlanganlar şifoxonalarga yetkazilganlar. Yonğin aynan qayerda yuz bergani ma'lum qilinmagan. Voqea joyiga Pekin partiya qömitasi kotibi Tsay Tsi va Pekin meri vazifasini bajaruvçi Çjen Tszinin yetib kelişgan.

Ma'lum qilinişiça, mer qişloqlar va posyolkalarda joylaşgan sanoat obektlarini noqonuniy biznesga barham beriş maqsadida yopişga körsatma bergan.

Tsay Tsi favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş uçun barça zarur işni amalga oşiriş, halok bölganlar va jarohatlanganlar oilalariga yordam körsatiş, voqea sabablarini tergov qiliş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş uçun işçi guruh taşkil etişni buyurgan. U şuningdek darhol har bir qişloq, har bir hovlini tekşiriş va mumkin bölgan birorta xavfni közdan qoçirmaslikka körsatma bergan.

Ma'lumotlarga köra, voqeaning ehtimoliy aybdorlari qölga olinganlar.