18 noyabr kuni​ Yaponiyaning eng katta - Toyota​ korxonasi Özbekistonda ilk rasmiy dillerlik markazini oçdi. Şuningdek, bu kunda yangilangan Toyota Land Cruiser Prado 2018 rasmiy taqdimoti​ ham bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qiladi.

Mazkur taqdimot Toşkent şahridagi "Samarqand Darvoza" savdo-komleks majmuasida taşkil etilgan bölib, joriy yilning 1 dekabr kuniga qadar davom etişi ma'lum qilingan. 

Maşina yuqori standartdagi xavfsizlik yostiqçalari, GXR uç eşik va EXR beş eşik moduli bilan jihozlangan. Vaziyatga qarab Toyota Land Cruiser Prado 2018​ ning şinalari avtomatlaştirilgan nazorat tizimiga böysundiriladi. 

Salon jihozlari uçun oliy navli hom-aşyo vositalaridan foydalanilgan bölib, haqiqiy yapon sifatini özida mujassam etgan. Unda mikro iqlimni yaratiş tizimi işlaydi. Taşqi şovqindan maksimal himoyalangan oyna va eşiklar VFX ovoz uzatmasini töliq qöllab-quvvatlaydi.