Zimbabve vitse-prezidenti Pxelekezela Mpxoko impiçment yoki iste'foga çiqadigan bölsa, davlat rahbari Robert Mugabening qonuniy vorisiga aylanadi, deb xabar bermoqda Zimbabvedagi Veritas huquqşunoslik markazi.

Avvalroq ZANU PF hukmron partiya markaziy qömitasi Mugabeni partiya birinçi kotibi lavozimidan çetlatdi, şuningdek, uni duşanba kuni tuşlik vaqtigaça prezident lavozimidan iste'foga çiqişga çaqirib, impiçment bilan tahdid qildi. Mugabe yakşanba kuni xalqqa qilgan murojaatida öz iste'fosi haqida e'lon qilmadi va hukmron partiyaning dekabr oyidagi kongressida raislik qiliş niyatida ekanini ma'lum qildi.

Veritas tahliliy izohida iddao etilişiça, impiçment jarayoni muvaffaqiyatli yakun topsa, davlat rahbari lavozimi Mpxokoga ötişi kerak.

"Mpxoko mamlakat taşqarisida, yoki hibsda, yoxud partiyadagi lavozimidan mahrum qilingan, yoki undan çetlatilgan bölişi mumkinligi, uning vitse-prezident sifatidagi maqomini özgartirmaydi", - deya ekspertlar xulosasidan iqtibos keltiradi Harare24 yangiliklar portali.

Mpxoko qayerda ekanligi borasida turli ma'lumotlar kelmoqda: ba'zilariga köra, u Yaponiyaga qoçib ketgan; boşqa ma'lumotga qaraganda esa – uy qamoğida saqlanmoqda. 

Ma'lumot uçun, Mpxoko Zimbabvedagi ikki vitse-prezidentdan biri sanaladi: uning hamkasbi Emmerson Mnangagva noyabr boşida iste'foga çiqarilgan.