Norvegiya qiroli Harald V şifoxonaga yotqizildi. Bu haqda qirollik oilasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilişiça, uni infeksiya tufayli şifoxonaga olib ketişgan, biroq aniq taşxis oçiqlanmayapti. Qirol vakillari uning holatini «qoniqarli» deb ataşmoqda.

Ma'lumot uçun, Harald V 1937 yilning 21 fevral kuni tuğilgan bölib, 1991 yilning 23 iyun kuni, otasi Ulaf V vafot etganidan söng taxtga çiqqan.