Rossiya Federatsiyasi Özbekistonga neftni sinov tariqasida yetkazib berişni boşladi. Bu haqda «Kommertsant'» naşri xabar bermoqda.
Naşrning ta'kidlaşiça, Özbekiston «Gazprom» bilan birgalikda uç yildan söng 5 mln. tonnaga möljallangan yangi neftni qayta işlovçi zavodni işga tuşirişni rejalaştirmoqda.
Biroq yetkazib beriş hajmini oşiriş uçun Qozoğiston orqali neft quvurlarini kengaytiriş talab etiladi, uning moliyaviy sxemasi esa hali noaniq, deb yozmoqda naşr.
Rossiya kompaniyasi juma kuni Özbekiston yönalişida Qozoğiston orqali tranzit sifatida Omsk-Pavlodar-Çimkent neft quvuri böylab neft yuborişni boşladi. Keyinçalik xomaşyoni temir yöli orqali yetkaziş rejalaştirilmoqda.
Tasdiqlangan jadvalga köra, hajm bir oyda 30 ming tonnani taşkil etadi, biroq talabga muvofiq sutkasiga 2 ming tonnaga qadar (ya'ni taxminan 60 ming tonna) oşirilişi mumkin.
Vaziyatdan boxabarlarning aniqlik kiritişiça, Özbekiston yönalişi böylab hozirda «Gazprom neft»ning nefti yetkazib berilmoqda.












