Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslariga bölgan  bosim yanada kuçayadi. 21 noyabr kuni Yevropa Ittifoqining qöllab-quvvatlaşi ostida Olmaota şahrida bölib ötgan suv  resurslari muhofazasiga bağişlangan anjumanda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOIEM) ijroçi direktori Iskandar Abdullayev şunday fikr bildirdi. Tadbirda qatnaşgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi.

Mutaxassisning sözlariga köra, Markaziy Osiyo mintaqasi zaxira boyliklari ziç joylaşgan mintaqa bölib, unda suv resurslarining iqtisodiyotga ta'siri yuqori. Yaqin yillarda suv resurslariga bölgan bosim faqat oşib boradi. Demografik va iqtisodiy omillar suv resurslariga bölgan bosimni belgilovçi omillar hisoblanadi.

"Hozirda Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi soni 60 million kişini taşkil qilayotgan bölsa, 2050 yilga borib, bu körsatkiç 90-100 million nafarga yetadi va tabiiyki, mintaqa suv resurslariga nisbatan bosim yanada kuçayadi. Şu bilan birga, uşbu mintaqa iqtisodiyoti ham ösib borayotganini ta'kidlaş joiz - hozirda Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy YaIM 450-500 milliard dollarni taşkil qilayotgan bölsa, u yiliga 2-3 milliard dollarga ösadi. Şunday ekan, suv resurslariga nisbatan iqtisodiy bosim ham kuçayib boradi", - deydi Iskandar Abdullayev. 

Uning ta'kidlaşiça, Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslaridan noratsional foydalaniş muammosi hanuz dolzarb. Bunga Abdullayev Orol dengizini misol sifatida keltirdi. 

"Bir avlod davomida qurib ketgan Orol dengizi bunga yaqqol misol böla oladi. Ta'kidlaş joizki, biz hozir keragidan ortiq suv iste'mol qilyapmiz. Şunday ekan, mamlakatlar oldida nafaqat eskirgan infratuzilma, balki boşqaruv institutlari islohotlari masalasi ham turibdi. Biz bu özgarişlarning zarur ekanini anglab yetişimiz kerak. Qişloq xöjaligi va energetika suvdan mustaqil bölişi uçun, suvga tobe'likdan suv resurslaridan yanada tejamli foydalanişga ötiş kerak böladi", - deydi mutaxassis.