Meksikaning Verakrus ştatidagi Idalgotitlan şahriga yangi mer etib saylangan Santana Krus Baena 20 noyabr keçki vaqt öz uyida noma'lum şaxslar tomonidan öldirib ketildi. Bu haqda Quadratin portali xabar bermoqda.

Bir neça önlab qurollangan kimsalar mer uyini qurşab olib, uning köçaga çiqişini talab qilişgan. U buni qilişdan boş tortganda, jinoyatçilar uyning eşigini buzib, içkariga bostirib kirganlar. Mer bilan birga uning uç nafar tansoqçisi ham öldirilgan.

Krus Baena şaharga “Yangi alyans” partiyasidan mer etib saylangan edi va özining yangi lavozimini bajarişga 31 dekabrda kirişişi kerak bölgan.

Verakrus ştati ikkita yirik narkokartel – “Los-Setos” va “Körfaz”ning qarama-qarşiligi maydoniga aylangan. Bu guruhlar AQŞga giyohvand moddalar yetkazib beriş böyiça bir-biri bilan raqobat qiladi.