Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ko‘chadan topilgan o‘zbekistonlik 5 yoshli bola shifoxonadan qochib ketdi
Rossiyaning Leningrad viloyatida besh yoshli o‘zbekistonlik bola shifoxonadan qochib ketdi. U avvalroq ko‘chadagi chiqindixonadan topilgan bo‘lib, Vsevolojsk shahridagi kasalxonaga «ORVI» tashxisi bilan olib ketilgan.
Viloyat huquqni muhofaza qilish organlari xabariga ko‘ra, bola yakshanba, 11 noyabr kuni shifoxonaga yotqizilgan, dushanba, 20 noyabr kuni esa u kechqurun tibbiyot muassasasidan noma'lum tomonga qarab chiqib ketgan. Bolaning egnida faqat pijama va futbolka bo‘lgan.
Ayni damda huquq-tartibot idoralari yo‘qolgan bolani qidirishmoqda. Uning ota-onasining shaxsi aniqlandi. Ular O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, ular Rossiya Federal migratsiya xizmati boshqarmasida rasmiy ro‘yxatdan o‘tishmagan.