Jamiyat | 14:17 / 03.05.2019
10586
1 daqiqa o‘qiladi

TIV: Vsevolojskda o‘zbekistonlik uch yoshli bola halok bo‘lgani tasdiqlandi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 1 may kuni Rossiyaning Leningrad oblasti Vsevolojsk shahridagi uyning 4-qavatida joylashgan xonadon derazasidan yiqilib tushish oqibatida 3 yoshli O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani to‘g‘risida OAVlarda ma'lumot paydo bo‘ldi.

TIV ma'lumotida aytilishicha, mazkur xabar Leningrad oblastining tergov organlari tomonidan tasdiqlandi hamda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin ekanini eslatdi: +7-965-029-41-49.

Mavzuga oid