Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi navbatçi qismiga Samarqand şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro M.A. tomonidan qöşnisining uyidan tutun hidi çiqayotgani, xonadon içida 3 nafar voyaga yetmagan bolaning hayoti xavf ostida qolganligi töğrisidagi murojaat kelib tuşadi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Qabul qilingan xabar yuzasidan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining qutqaruvçilari voqea joyiga zudlik bilan yetib keldi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 3 nafar bola qutqarildi. Bu orqali yuzaga kelişi mumkin bölgan baxtsiz hodisaning oldi olindi va yonğin qutqaruvçilar tomonidan bartaraf etildi.