N.I.Vavilov nomidagi Saratov davlat agrar universiteti (SDAU, Rossiya)da ötkazilgan «Agrar menejment» Xalqaro magistrlik dasturini amaliyotga tatbiq etiş böyiça Germaniyaning Vayenştefan-Trizdorf amaliy bilimlar universitetining mega-grant loyihasi doirasidagi hamkor universitetlar rahbariyati konferensiyasida TDAU rahbar xodimlari faol iştirok etdilar.
Mega-grant loyihasi AQŞ, Germaniya, Litva va bir qator MDH davlatlarining agrar sohadagi nufuzli universitetlarini qamrab olgan. N.I.Vavilov nomidagi Saratov davlat agrar universiteti Rossiya Federatsiyasi Qişloq xöjaligi vazirligi agrar universitetlari reytingida qator yillardan buyon faxrli 1 örinni egallab kelganligi sababli, mazkur universitet xalqaro konferensiyaga mezbonlik qiliş huquqini qölga kiritdi.
Mazkur nufuzli xalqaro konferensiyada hamkor mamlakatlar örtasida «Agrar menejment» xalqaro magistrlik dasturini joriy etiş, magistratura mutaxassisligi böyiça hamkorlikda öqitiş orqali ikki tomonlama diplom beriş va buning uçun hamkor universitetlarda amaldagi öquv reja va dasturlarni özaro uyğunlaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Vayenştefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti qişloq xöjaligining turli sohalari, oziq-ovqat xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş hamda atrof-muhitni muhofaza qiliş sohalarida 19 ta bakalavr yönalişi, 13 ta maxsus ta'lim, 12 magistratura, şu jumladan 4 ta xalqaro yönalişdagi ta'lim loyihalarini öz içiga olgan.
Xalqaro konferensiyada öz ma'ruzalari bilan iştirok etgan qatnaşçilar tomonidan «Agrar menejment» xalqaro magistrlik dasturini joriy etiş imkoniyatlari, agrar sohadagi ta'limning amaliyot bilan integratsiyasi ustuvorligi, innovatsion işlanmalarni işlab çiqiş va amaliyotga joriy etişning dolzarbligi, öquv rejasi tarkibidagi amaliy maşğulotlar salmoğining yuqoriligini ta'minlaş, işlab çiqariş amaliyotini taşkil etiş va magistraturaga qabul jarayonida qişloq xöjaligi korxonalari rahbariyatini keng iştirokini ta'minlaş kabi sohani yanada rivojlantirişga xizmat qiluvçi takliflar bildirildi.

Rossiya Federatsiyasi agrar universitetlari reytingida qator yillardan buyon 1 örinni egallab kelayotgan Saratov davlat agrar universiteti rektori akademik N.I.Kuznetsov xalqaro miqyosda TDAU Özbekiston Respublikasi agrar sohasidagi tayanç oliy ta'lim muassasasi sifatida e'tirof etilişini ta'kidlab ötdi.














