Google Play ilovalar manbasida 8 ta yangi troyan dasturlar aniqlandi. Ular litsenziyalaşgan dasturlar nomi ostida niqoblangan bölgan, deb xabar bermoqda ESET ekspertlari. Bu dasturlar yuklanib, örnatilgaç, ular foydalanuvçilardan «ortiqça» huquqlarga izn söragan. Söngra, foydalanuvçining bank ma'lumotlarini öğirlab, uni ğarazgöylarga bergan. 

ESET antivirusi mutaxassislarining aytişiça, öğri ilovalar köpbosqiçli arxitektura va şifrlaşdan foydalanadi. Şu bilan ğarazgöylarga bank ma'lumotlarini öğirlaşga imkon beradi. 

Zararli faollik foydalanuvçiga körinmaydi va 4 bosqiçda amalga oşadi. 

Ilk ikki bosqiçda qurilmada yaşirin tartibda şifrlarni oçiş va ikki vazifani bajariş amalga oşadi.
 
Uçinçi bosqiçda zararli dastur xufyona tarzda boşqa ilovani yuklaydi. Beş daqiqalardan söng, foydalanuvçiga taniqli dastur (masalan Adobe Flash Player) yoki mavjud bölmagan Android Update yoki Adobe Update kabilarni örnatişni söraydi. Uning vazifasi esa, sönggi törtinçi bosqiç dasturni işga tuşiriş hisoblanadi. 

Yuklovçi troyan qurilmaga hujum qiluvçilar istagan har qanday zararli dasturni örnatiş imkonini beradi. ESET ekspertlari bank troyani MazarBot örnatilgan qurilmani közdan keçirişgan. U yuklanganidan söng, ekranga soxta röyxatdan ötiş şakllarini aks ettiradi. 

ESET firmasi ogohlantirganidan söng, mazkur 8 ilova Google Play dökonidan öçirilgan.