Zimbabve prezidenti Robert Mugabe 21 noyabrda iste'foga ketgandan keyin Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II dunyodagi eng keksa davlat rahbariga aylandi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.

Zimbabveni 37 yil boşqarib kelgan 93 yoşli Mugabe mamlakatdagi siyosiy inqiroz ortida 21 noyabrda prezidentlik lavozimidan ketişini e'lon qildi. Şu tariqa, dunyodagi eng keksa davlat rahbari nomi 91 yoşli qiroliçaga ötdi. 

Endilikda eng keksa davlat rahbarlari reytingida 2-örinni Tunisning 90 yoşli prezidenti Baji Kaid as-Sabsiy, 3-örinni Kuvaytning 88 yoşli amiri şayx Saboh al-Ahmad al-Jabbor as-Saboh egallamoqda. Ular ortidan Kuba rahbari Raul Kastro (86 yoş), Kamerun prezidenti Pol Biyya (84 yoş), Livan prezidenti Mişel Aun (84 yoş), Yaponiya imperatori Akixito (83 yoş) va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud (81 yoş) kelmoqdalar.

2015 yil sentabrda Yelizaveta II Buyuk Britaniya taxtini eng uzoq egallaş böyiça qiroliça Viktoriya rekordini yangilagandi. 2016 yil oktabrida Tailand qiroli Pumipon Adulyadeta vafotidan keyin dunyodagi öz davlatini eng uzoq boşqarayotgan rahbarga aylangandi. 

Yelizaveta II Buyuk Britaniyani 1952 yildan beri boşqarib keladi.